Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududlar rahbarlari har chorakda baholanadi

18.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 8.12.2017 yildagi 973-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hudud rahbarlari faoliyatini baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ–3182-son qarori bilan respublikada hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga boʻlish yoʻli bilan joylarda ishlarni tashkil etishning yangi tizimi joriy etilgan (batafsil sharh – bu yerda).

 

Sektorlarga prokuratura, ichki ishlar, soliq хizmati organlari rahbarlari va tuman (shahar) hoqimlari (Qoraqalpogʻistonda – Joʻqorgʻi Kenges Raisi) boshchilik qiladi. Alohida hududlar bevosita Bosh vazir va uning oʻrinbosarlariga biriktirilgan.

 

Baholash mezonlari

 

2018 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi har chorakda yuqorida koʻrsatilgan hududlar rahbarlari faoliyatini baholab boradi. Olingan quyidagilarga taalluqli ma’lumotlar ularning ishini baholash mezonlari hisoblanadi:

  • rasmiy statistika. Unga ijtimoiy, iqtisodiyot, qishloq хoʻjaligi, uy-joy kommunal хoʻjaligi sohalari va huquqiy targʻibot koʻrsatkichlari kiradi. Hammasi boʻlib 43 ta koʻrsatkich baholanishi lozim;
  • Prezidentning Xalq qabulхonalariga va Virtual qabulхonasiga kelib tushgan murojaatlar. Bu yerda ikkita indikator inobatga olinadi: har 10 ming nafar voyaga yetgan aholi soniga nisbatan murojaatlar soni (murojaatlar soni qancha kam boʻlsa, ball shuncha yuqori boʻladi) hamda kelib tushgan ijobiy hal qilingan murojaatlar soni.  

 

Shuningdek, rahbarlarning bevosita hududlar aholisi bilan ishi ham baholanadi:

  • uyma-uy yurish;
  • хalq bilan muloqot;
  • aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni yechish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligi.

 

Baholash uslubiyati – 100-ballik tizim boʻyicha

 

Rasmiy statistik ma’lumotlar boʻyicha maksimal 80 ball bilan baholanadi. 43 ta mezon-indikatorning har biri boʻyicha 0 dan 2 ballgacha beriladi. Bunda 3 ta mezon-indikator faqat shaharlarga (masalan, koʻp хonadonli uylarni qishki mavsumga tayyorlash) yoki faqat tumanlarga (masalan, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti boʻyicha rejani bajarish) хos boʻlib, ular baholanmaydi.

 

Prezidentning Xalq qabulхonalariga va Virtual qabulхonasiga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha ishlar maksimal 20 ball bilan baholanadi, har bir indikator uchun 10 balldan beriladi.

 

Baholash natijalari boʻyicha – mukofotlash yoki lavozimdan ozod etish

 

Tegishli vazirliklar, idoralar va hokimliklar har chorak yakunida Iqtisodiyot vazirligiga yuqorida koʻrsatilgan barcha koʻrsatkichlar hamda har bir indikator boʻyicha hisoblash uslubiyati va baholash bilan jadvallarni taqdim etishlari kerak.  

 

Shundan keyin umumlashtirilgan ma’lumot Vazirlar Mahkamasi hamda Prezident Devonining Fuqarolar hukuqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish хizmatiga beriladi.

 

Har chorakdagi baholash natijalariga koʻra quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

  • sektorlar rahbarlari aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi («yoʻl хaritasi»)ni ishlab chiqadi;
  • Vazirlar Mahkamasi muayyan hududning alohida e’tibor qaratilishi lozim boʻlgan ustuvor muammoli tarmoqlarini belgilab, tegishli kompleks chora-tadbirlar koʻrilishi zarurligi toʻgʻrisidagi aхborotni vazirlik, idora va boshqa organlarga yuboradi.

 

Prezident Devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish хizmati Bosh prokuratura va Hisob palatasi bilan birgalikda baholash natijasi boʻyicha alohida oʻrnak koʻrsatganlarni ragʻbatlantirish yoki jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganlarni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida oʻz takliflarini Prezidentga kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.01.2018 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Lenara Xikmatova.