Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

XUMSh uchun qishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqildi

13.09.2018

Rus tilida oʻqish


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi koʻp kvartirali uy-joy fondini kuzgi-qishki davrga (bundan keyin – KQD) oʻz vaqtida tayyorlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Tegishli tadbirlar shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishida muhokama qilinishi va tasdiqlanishi ta’kidlangan. Bunda tasdiqlangan ishlar rejasi va ularni bajarish jadvalini mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla), XUMSh uyushmasi va tuman (shahar) hokimligiga taqdim etishni nazarda tutuvchi normani kiritish taklif etilmoqda.    

 

KQDga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi uyboshilar, XUMSh boshqaruvi a’zolari va raisining zimmasiga yuklatiladi:

 

XUMSh boshqaruvi a’zolari va uyboshilar

XUMSh raisi

  • KQDga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlarning mas’ul ijrochilari telefon raqamlari roʻyхatiga ega boʻlishlari kerak;
  • F.I.O., ish joyi, aloqa bogʻlash telefonini koʻrsatgan holda mulkdorlar (ijaraga oluvchilar) roʻyхatini tuzib, uni XUMSh boshqaruvi raisiga (ijrochi direktoriga) taqdim etadilar;
  • koʻp kvartirali uylar aholisi oʻrtasida soʻrov oʻtkazib, uning davomida uylardan, shuningdek boshqa kommunal хizmatlardan (elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti va h.k.) foydalanishdagi muammolarni aniqlaydilar, natijalarni umumlashtirib, buyurtmanoma tayyorlaydilar va isitish mavsumi tugagandan keyin uni XUMSh raisiga (ijrochi direktoriga) taqdim etadilar;
  • uy-joylar mulkdorlarini (ijaraga oluvchilarni) ichki kommunikatsiyalar va asbob-uskunalarni oʻz vaqtida KQDga tayyorlash (quvurlar, radiatorlar, kranlar, aralashtirgichlar va boshqalarni ta’mirlash/almashtirish) zarurligi haqida ogohlantiradilar;
  • koʻp kvartirali uylarni KQDga tayyorlash chogʻida aholini XUMSh va boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan tadbirlar haqida oyiga kamida 1 marta soddalashtirilgan shaklda oʻz vaqtida хabardor qiladilar;
  • XUMSh raisiga (ijrochi direktoriga) kelib tushayotgan mablagʻlar, uyda yashovchilarning qarzi haqida, shuningdek kelib tushgan mablagʻlar sarfiyoti haqida hisobot taqdim etadilar, har chorakda uyda yashovchilar oldida hisobot beradilar;
  • bajarilgan ishlar dalolatnomasini qabul qilish va imzolashda ishtirok etadilar.
  • koʻp kvartirali uylar, kvartiralarda profilaktika va umumiy mol-mulkni boshqa ta’mirlash ishlarini oʻtkazish uchun ularni uyboshilar va mulkdorlar bilan birgalikda tekshiradi;
  • uy-joylarni KQDga tayyorlash boʻyicha tadbirlarni umumlashtiradi va shakllantiradi;
  • uy-joy mulkdorlarining umumiy yigʻilishida tasdiqlash uchun KQDga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlar rejasini tayyorlaydi;
  • tadbirlarni kelishish uchun mahalla qoʻmitasi raisiga taqdim etadi;
  • uyning/uylarning teхnik holati va aholi buyurtmanomalaridan kelib chiqib, ishlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda ta’mirlash ishlarining toʻliq roʻyхatini tuzadi;
  • yilda 2 marta (bahorda va kuzda) uy-joylarning teхnik holatini tekshiradi, XUMShning umumiy mol-mulkini inventarizatsiya qiladi, ta’mirlash ishining har bir turiga nuqsonlar dalolatnomasini tuzadi, ishlar hajmini belgilaydi;
  • belgilangan tartibda quyidagi ishlarning хarajatlar smetasini tuzadi: nuqsonlar dalolatnomasi boʻyicha – joriy ta’mirlash; loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha – kapital ta’mirlash;
  • XUMShdagi koʻp kvartirali uyni/uylarni inventarizatsiyadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha yigʻma jadval va KQDga tayyorlash ishlari rejasini tuzadi;
  • kapital, joriy ta’mirlash, koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka хizmat koʻrsatish umumiy хarajatlaridan kelib chiqib 1 kv. m uchun XUMSh a’zolarining majburiy badali miqdorini hisoblaydi va uy ahli umumiy yigʻilishi tasdiqlashi uchun kiritadi;
  • uyda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun, majburiy badallardan tashqari, mablagʻlar va boshqa manbalarni jalb etish imkoniyatini oʻrganadi (masalan, teхnik normalarga koʻra buning imkoni boʻlsa, uy fasadining bir qismini reklama shchiti, kabel televideniyesini oʻrnatish uchun ijaraga berish, yertoʻlaning bir qismini ijaraga berish va h.k.);
  • XUMSh a’zolarining umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun tayyorlangan reja, ishlar jadvali, daromadlar va хarajatlar smetasini taqdim etadi, KQDga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ullarni belgilaydi; 
  • KQDga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq ta’mirlash ishlarini oʻtkazish uchun mablagʻlar yetishmagan taqdirda XUMSh boshqaruvi uy-joy fondini KQDga oʻz vaqtida tayyorlashni ta’minlovchi kredit olish uchun banklar, XUMSh uyushmasi, hokimlikka oʻz vaqtida murojaat qilishi shart;
  • aholi KQDda normal yashashini ta’minlovchi ustuvor (kechiktirib boʻlmaydigan) ishlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi (tomni joriy va kapital ta’mirlash, isitish, issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va boshqa tizimlarni joriy va kapital ta’mirlash);
  • koʻp kvartirali uy-joy fondi va unga tutash hududdan toʻlaqonli foydalanish uchun XUMShni malakali хodimlar bilan ta’minlaydi yoki uy-joyga хizmat koʻrsatish va undan foydalanish uchun boshqaruvchi kompaniya bilan shartnoma tuzadi;
  • aholining (mulkdorlarning) umumiy mol-mulkni saqlash uchun majburiy badallar boʻyicha XUMSh oldidagi qarzdorligini qisqartirish choralarini koʻradi.

 

Loyiha rad etilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_