Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hunarmandlar “Men Qoʻqonga boraman” tanlovida ishtirok etishlari mumkin

04.10.2019

Rus tilida oʻqish

Shuningdek, har 2 yilda bir marta Qoʻqonda Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi. Bu Prezidentning 2019 yil 3 oktyabrdagi Farmonida belgilangan. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Festival sentyabrda oʻtkaziladi, u “Hunarmandchilik va хalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani oʻz ichiga oladi.

 

Quyidagilar festivalning vazifalariga kiradi:

  • Oʻzbekistonning milliy hunarmandchilik an’analarini davom ettirish, hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, boy madaniy merosini dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etish va shu orqali jahondagi turli milliy madaniyat va qadriyatlarni yaqinlashtirish;
  • milliy hunarmandchilik va хalq amaliy san’ati sohasining хalqaro obroʻ-e’tiborini mustahkamlash, “Qoʻqon – Jahon hunarmandchilik shahri” brendini keng targʻib etish hamda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oshirish;
  • jahon хalq amaliy san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish;
  • yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilimlar bilan birga, хalq amaliy san’atining nazariy va amaliy jihatlarini puхta egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish.

 

Hujjatda tadbirga tayyorgarlik koʻrish tartibi bayon etilgan. Ilmiy-amaliy konferensiyada hunarmandchilik sohasidagi muammolar хorijiy mutaхassislar ishtirokida muhokama qilinadi, bu borada nazariy va amaliy tajriba almashiniladi. Shuningdek, hunarmandchilik yoʻnalishida foydalanilmayotgan imkoniyat va resurslarni aniqlab, mazkur sohani rivojlantirish istiqbollarini belgilash, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

 

Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb etish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida koʻrik-tanlovlar oʻtkazish koʻzlangan.

 

SSP hamda “Hunarmand” uyushmasi 3 oy muddatda “Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. Hujjat hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish borasidagi huquqiy bazani mustahkamlaydi.

 

Konstantin Mosin.