Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portali ishlab chiqildi

21.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2022 yildagi «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 74-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi.

 

Adliya vazirligi tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash maqsadida “Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portali ishlab chiqildi.

 

Hujjat bilan elektron portal Adliya vazirligi tomonidan quyidagi maqsadlarda yuritilishi belgilangan:

  • jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashni ochiq va shaffof tarzda amalga oshirish;
  • Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha dasturlar, “yoʻl хaritalari” va boshqa chora-tadbirlar rejalari amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
  • davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish hamda mas’uliyatini kuchaytirish va boshqalar.

 

Elektron portalni yuritish bilan bogʻliq хarajatlar Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.