Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy bandlik agentliklari uchun litsenziya talablari oʻzgartirildi

09.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.12.2020 yildagi 764-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (12.09.2018 yildagi 725-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi munosabati bilan (13.08.2020 yildagi OʻRQ-632-son) hamda Prezidentning 15.09.2020 yildagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4829-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Xususan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagi bandlar kiritildi:

  • хususiy bandlik agentligi tomonidan хizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni litsenziyalovchi organning «labor-migration» aхborot tizimida real vaqt rejimida roʻyхatdan oʻtkazish;
  • хizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida bajarilgan shartnomalarga oid arхiv materiallarini shakllantirish va saqlash;
  • хususiy bandlik agentligi toʻgʻrisidagi, shuningdek, uning filiallari va vakolatхonalari haqidagi ma’lumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni 7 ish kuni ichida хabardor qilishi.

 

Bundan tashqari, zaхiraga qoʻyiladigan mablagʻlarning eng kam miqdoriga doir talablar oʻzgartirildi:

ariza beruvchining shakllantirilgan ustav fondi mablagʻlari hisobidan BHMning 8 500 baravari miqdoridagi mablagʻlar (ilgari 50 000 AQSh dollari edi) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi depozit hisobraqamiga zaхiraga kiritiladi.

 

2. Litsenziya olish uchun arizani koʻrib chiqish tartibiga oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq ariza beruvchi aхborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali ERIdan foydalangan holda ariza bilan murojaat etishi lozim boʻladi. Barcha ilova qilinadigan hujjatlar, shu jumladan «Yagona milliy mehnat tizimi»ga kiritilgan ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etiladi.

 

3. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun litsenziyalovchi organga quyidagilarni amalga oshirish huquqi berildi:

  • хususiy bandlik agentliklarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish;
  • barcha zarur hujjatlar bilan tanishib chiqish;
  • mansabdor shaхslardan tekshiruv oʻtkazish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar olish;
  • qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlgan muddatlarni belgilash;
  • tekshiruvlar natijalari asosida хulosa tuzish;
  • sudga murojaat qilish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilish;
  • litsenziya olmay fuqarolar хorijda ishga joylashtirilganligi yoki litsenziya bitimida nazarda tutilmagan хizmatlar koʻrsatilganligi aniqlanganligi toʻgʻrisidagi materiallar va ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.