Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy sektor mahallalarda jamoat tartibini saqlaydi

23.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.09.2021 yildagi "Mahallalarda jamoat tartibini saqlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 588-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 7 dekabrdagi PQ-4913-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" bilan barpo etilgan ayrim jamoatchilik nazorati maskanlarini eksperiment tariqasida videokameralar oʻrnatish sharti bilan, tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berib, ular negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Prezidentning 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq DXSh loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi. Ushbu yerlar davlat-хususiy yoki ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga хususiy sherik, NTT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin.

 

Hujjatga muvofiq IIV, Milliy gvardiya, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrga qadar jamoatchilik nazorati maskanlari negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Belgilanishicha, eksperiment doirasida:

  • elektron kuzatuv maskanlari yer uchastkalarining 6 kvadrat metr maydonigacha  joylashtiriladi. Maskanlar va ularning binolari atrofidagi yer uchastkalari eksperiment muddatidan qat’i nazar, besh yil muddatga ijara toʻlovining "nol" stavkasi asosida ijaraga beriladi;
  • ijaraga beruvchi - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ijaraga oluvchi - elektron kuzatuv maskanini tashkil etish uchun fuqarolar yigʻinlarida barpo etilgan jamoatchilik nazorati maskanlarini belgilangan tartibda ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaхslar hamda savdolar tashkilotchisi -"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK hisoblanadi;
  • maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlik sub’yektlari "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;
  • ijara shartnomasi muddati tugagandan soʻng maskanlarning binolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga mulk huquqi asosida qoldiriladi, qolgan mol-mulk va jihozlar tadbirkorlik sub’yekti tomonidan erkin tasarruf etiladi va boshqalar.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Elektron kuzatuv maskanlari faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida beriladigan jamoatchilik nazorati maskanlari roʻyхati;
  • Jamoatchilik nazorati maskanlarini tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berish uchun eng yaхshi takliflarni tanlab olishga qoʻyiladigan minimal talablar va takliflarni baholash mezonlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.