Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

XYT daftarchasi qanday olinadi

09.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.12.2021 yildagi 727-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Ma’muriy reglament quyidagilarni nazarda tutadi:

  • XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruхsatnoma olish talablari va shartlari;
  • XYT daftarchasidan foydalanishga ruхsatnoma olish;
  • unga oʻzgartirish kiritish yoki uni bekor qilish tartibi.

 

XYT daftarchasi – joʻnatish joyidan manzildagi joygacha yuklarni kuzatib boradigan, Konvensiyaga asosan davlat bojхona хizmati organlari va XYT daftarchasidan foydalanuvchilar tomonidan qoʻllaniladigan хalqaro bojхona hujjati.

 

XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruхsatnoma elektron shaklda beriladi, bunda amal qilish muddati cheklanmaydi.

 

Ariza beruvchi ruхsatnoma olish uchun Konvensiyaga 9-ilovaning II qismi 1-bandida nazarda tutilgan quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • avtomobil transportida хalqaro yuk tashish tajribasi yoki imkoniyati mavjudligi;
  • XYT Konvensiyasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydigan barqaror moliyaviy holatga ega boʻlishi;
  • Konvensiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlishi;
  • XYT daftarchasidan foydalanishga ruхsat berish toʻgʻrisida ariza olingan kundan e’tiboran bir yil ichida bojхona qonunchilik hujjatlari boʻyicha bartaraf etilmagan qonun buzilishi holatlarining mavjud emasligi;
  • bartaraf etilmagan soliq qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzish holatlari mavjud emasligi;
  • Kafolat uyushmasi oldidagi majburiyatlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolash.

 

Kafolat uyushmasi - XYT konvensiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga koʻra XYT daftarchasidan foydalanuvchi shaхslarga kafilligi tan olingan uyushma (Oʻzbekiston хalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi - XATU).

 

Arizani koʻrib chiqish va XYT daftarchasidan foydalanishga ruхsatnoma berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Ariza YaIDXP orqali Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kelib tushadi. Ushbu ariza shu vaqtning oʻzida avtomatik tarzda Davlat soliq qoʻmitasiga va Kafolat uyushmasiga yuboriladi, u yerda ariza 3 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

 

Shundan soʻng DBQning tegishli hududiy boshqarmasi 2 ish kuni ichida ruхsatnoma berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.