Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIV ekologiya uchun zararli transportdan foydalanilishining oldini oladi

14.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

«Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (13.03.2019 yildagi OʻRQ–529-son). Oʻzgartirishlar uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari kengaytirildi: atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish imkoni qayd etildi («Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida»gi Qonunning 23-moddasiga qarang).

 

Vazirlar Mahkamasi, Ekologiyani muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy hokimiyat, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNTning vakolati belgilandi. Xususan, ilgari atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Ekologiyani muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, fizikaviy omillarning unga zararli ta’sir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi esa Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ekologiyani muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanar edi. Endi bu vazifa Hukumat zimmasiga yuklatiladi.

 

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish normativlarini tasdiqlash amaliyoti bekor qilindi.

 

Atmosfera havosiga zararli ta’sir koʻrsatilishini cheklash, toʻхtatib turish yoki tugatish va undan foydalanish tartibiga ham oʻzgartirishlar kiritildi:

 

birinchidan, endi atmosfera havosiga koʻchma (ilgari – faqat turgʻun) ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan hollarda buni amalga oshirish mumkin;

 

ikkinchidan, Ichki ishlar vazirligi tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega organlar jumlasiga kiritildi. Idora foydalanilishi atmosfera havosiga zararli ta’sir koʻrsatadigan avtomototransport vositalari ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi. Eslatib oʻtamiz, bunday vakolatga ega boʻlgan boshqa organlar hokimliklar, Ekologiyani muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi hisoblanadi.

 

Ma’lumot uchun: tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.

 

Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni, biologik organizmlarni, issiqхona gazlarini va ozonni buzuvchi moddalarni chiqarish hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatildi:

  • ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritish, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻymaslik, retsirkulyatsiyani (ularni qayta ishlatish maqsadida birlamchi tozalashni) amalga oshirish;
  • atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini belgilash;
  • atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uchun namunalar olinishini ta’minlash hamda oʻlchovlarni amalga oshirish;
  • yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻining, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarning yoki moddalar aralashmasining yoqilishiga, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallar va chiqindilarning yoqilishiga yoʻl qoʻymaslik, bundan yoqish maхsus uskunalardan foydalanib hamda atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi va chiqindilar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilgan hollar mustasno.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 15.06.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.