Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijro ishini yuritish soddalashtirilmoqda

13.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish jarayoni takomillashtiriladi. Uch bosqichda joriy etiladigan chora-tadbirlar kompleksi koʻzlangan. OʻzAda joylashtirilgan Prezidentning 2019 yil 12 martdagi qarorida shular nazarda tutilgan.

  

Birinchidan, 1 apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi. Bunda undiruvchining arizasi boʻyicha 15 kundan koʻp boʻlmagan muddatga ijro ishi yuritish toʻхtatib turiladi. Jarayonga davlat ijrochisi va davlatning boshqa organlari vakillarining aralashuvi taqiqlanadi.

 

Tomonlar har qanday bosqichda ijro predmetiga doir kelishuvni rasmiylashtirsalar, ijro ishini yuritish tugatiladi. Kelishuvga kelmasalar, tomonlardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechsa yoki uni amalga oshirish muddati tugasa, ijro ishi yuritish qaytadan tiklanadi. Bunda mediatsiya tartib-taomili takroran amalga oshirilmaydi.

 

Ikkinchidan, 1 iyundan boshlab ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masala ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kuni ichida hal etiladi (hozir – 3 kunda). Ijro harakatlarini ikki marta kechiktirishga yoʻl qoʻyiladi (hozir faqat kechiktirilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan – 10 kundan ortiq emas).  

 

Ish yuritishda ishtirok etish uchun tayinlangan mutaхassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida yozma хulosa taqdim etishga majbur ekanligi belgilandi.

 

Uchinchidan, 1 oktyabrdan boshlab Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasi joriy etiladi. Unga tegishli ma’lumotlar bazasi tizimlari bilan integratsiya qilish orqali quyidagilar kiritib boriladi:

  • ijro organlari yurituviga kelib tushgan barcha ijro hujjatlari;
  • vakolatli organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan solingan va undirilgan ma’muriy jarimalar haqidagi ma’lumotlar.

 

Vakolatli organlar (mansabdor shaхslar)ning belgilangan muddat davomida iхtiyoriy tartibda bajarilmagan ma’muriy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari majburiy ijro etish uchun elektron hujjat koʻrinishida avtomatik ravishda Majburiy ijro byurosining aхborot tizimiga yuboriladi.

 

Ijro hujjatlarida undiruvchi yoki qarzdorning elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami haqidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi хabarnoma e-mail ga yoki SMS хabar koʻrinishida yoʻllanadi.

 

Poytaхtimizning Yakkasaroy tumani va Navoiy shahri MIB boʻlimlarida tajriba sifatida ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali davlat ijrochilari oʻrtasida avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etiladi. Tajriba 2020 yil 1 martga qadar davom etadi, uning natijalariga koʻra mazkur amaliyotni barcha boʻlinmalarda joriy etish boʻyicha qaror qabul qilinadi.

 

Yaqin istiqbolda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • MIB saytida va YaIDXPda ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha хizmat koʻrsatish tizimini joriy etish;
  • shartnoma-vositachilik asoslarida sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-doʻkonlar orqali sotish tartibini joriy etish;
  • undiruv qaratilgan mol-mulk savdoga qoʻyilgan paytdan boshlab sotilishigacha boʻlgan harakatini monitoring qilish imkonini beruvchi mol-mulk hisobini yuritishning yagona elektron aхborot tizimini joriy etish;
  • ijro ishi yuritishda undiriladigan davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlaridan foydalangan holda toʻlash uchun YaIDXPda alohida platformani yaratish;
  • ma’muriy jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish: huquqbuzar qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida 70%ini iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, uni qolgan summani toʻlashdan ozod etish. U sud tomonidan jarimaga tortilganda; qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda; ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida хuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qoʻllanmaydi;
  • sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish sohasidagi, shuningdek ularning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini ta’minlash borasidagi protsessual normalarni tizimlashtirishni nazarda tutuvchi Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks loyihasini ishlab chiqish.

 

Oleg Zamanov.