Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi

26.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.05.2022 yildagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, jumladan, kam ta’minlangan bolali oilalarni aniq yoʻnaltirilgan tarzda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, insonparvarlik, mehr-oqibat, saхovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida:

 

quyidagilarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish nazarda tutilgan:

a) yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming soʻmdan;

-Toshkent shahrida – 400 ming soʻmdan.

b) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga – 200 ming soʻmdan.

 

Bir nechta toifa boʻyicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa boʻyicha toʻlab beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Markaziy bank va tijorat banklariga bir martalik moddiy yordam toʻlovlarining ikki hafta muddatda toʻliq toʻlanishini ta’minlash topshirildi.

 

Belgilanishicha, uyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra bir martalik moddiy yordam pullarini oʻz vaqtida ololmagan fuqarolar toʻlanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentyabrga qadar olish huquqiga ega.

 

Lola Abduazimova.