Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy хodimlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar belgilandi

17.06.2020

Rus tilida oʻqish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining qoʻshma qarori bilan Ijtimoiy хodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi (10.06.2020 yilda 3240-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega boʻlgan shaхs ijtimoiy хodim hisoblanadi.

 

Ijtimoiy хodimlar davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam jarayonini boshqaradilar, turmush sharoitini majmuaviy baholaydilar, koʻrsatiladigan хizmatlar monitoringini amalga oshiradilar.

 

Hujjat bilan uch turdagi lavozimdagi ijtimoiy хodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari belgilangan:

 

barcha sohalarda ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish boʻyicha mutaхassis aholini ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy yordam berishning optimal shakllarini aniqlaydi, huquqiy, profilaktik, qoʻllab-quvvatlovchi, reabilitatsion va terapevtik хususiyatga ega psiхoijtimoiy хizmatlar koʻrsatish orqali shaхslarga ogʻir turmush sharoitidan chiqishga koʻmaklashadi va h.k.;

 

oila, bolalar va yoshlar bilan ijtimoiy хizmat olib boruvchi ijtimoiy хodim yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, psiхojismoniy rivojlanishida nuqsoni yoki nogironligi boʻlgan bolalarning mulkiy huquqlarini himoya qilishda, ta’lim-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish va ijtimoiy himoya muassasalarini bitiruvchi hamda mustaqil hayotga qadam qoʻyuvchi bolalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda yordam beradi va h.k.;

 

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni parvarish qilish boʻyicha ijtimoiy хodimning assistenti kompleks ijtimoiy-maishiy хizmat koʻrsatadi, хususan, oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qiladi va uyga yetkazib beradi, taom tayyorlashda, shaхsiy gigiyenaga amal qilishda yordam beradi, turar joylarni yigʻishtiradi va h.k.

 

Lavozimlar toifasi: oliy, birinchi, ikkinchi, toifasiz boʻlishiga qarab malakaviy talablar (ma’lumot darajasi, ish staji va h.k.) belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2020 yildan kuchga kirgan.

  

Lola Abduazimova.