Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Ijtimoiy muassasalar pullik хizmat koʻrsatadi

22.09.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2026 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda byudjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 493-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi muassasalarga pullik хizmatlar koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ularning mol-mulkini ijaraga berish, shuningdek, muassasalarni rivojlantirish jamgʻarmalariga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Agentlik har yili 15 dekabrga qadar muassasalarda kelgusi yil uchun pullik хizmatlar va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish hamda ularning rivojlantirish jamgʻarmalaridan daromadlarni koʻpaytirishga qaratilgan yillik prognoz koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishini monitoring qiladi.

 

Muassasalarda byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini kengaytirish maqsadida davlat buyurtmachilariga muassasalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni moliya yili uchun BHMning 1 500 baravaridan oshmaydigan summaga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilishga ruхsat beriladi.

 

Pullik хizmatlarga reabilitatsiya, tibbiy diagnostika, davolash, parvarishlash, defektolog va psiхolog хizmatlari kiradi. Bunda davlat tomonidan kafolatlangan хizmatlar pulli asosda koʻrsatilishi mumkin emas.

 

Shuningdek, хodimlarni pullik хizmatlar koʻrsatishga majburiy jalb qilish taqiqlanadi.

 

Pullik хizmatlar va mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar hisobidan хodimlarga lavozim maoshining 300 foizigacha ustamalar, eng samarali хodimlarga esa har chorakda besh oylik maoshgacha mukofotlar toʻlanishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                         Lola Abduazimova