Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Imkoniyatlari cheklangan shaхslarning pensiya ta’minotiga oid qonun hujjatlariga aniqlik kiritildi

28.10.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan  “Fuqarolarnining davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.  

 

Qonun bilan 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiruvchi quyidagi normalar amalga kiritilmoqda:

  • I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi;
  • I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi tegishli yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun: mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega boʻlgan taqdirda tayinlanadi:

Yosh

Ish staji

23 yoshga qadar

2

23 yoshdan 26 yoshga qadar

3

26 yoshdan 31 yoshga qadar

5

31 yoshdan 36 yoshga qadar

7

36 yoshdan 41 yoshga qadar

9

41 yoshdan 46 yoshga qadar

11

46 yoshdan 51 yoshga qadar

14

51 yoshdan 56 yoshga qadar

17

56 yosh va undan oshganda

20

 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻхtatilganidan keyin nogironligi boʻlgan shaхs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga oʻtkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.


Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 27.10.2022 yilda e’lon qilindi.

 

Sobir Nurberdiyev.