Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Import qiluvchilar tomonidan QQS toʻlashni kechiktirish tartibi belgilandi

12.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi tovarlar, ishlar va хizmatlarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatini taqdim etish tartibini tasdiqladi (10.02.2020 yildagi 76-son VMQga qarang). Hujjat Prezidentning “Soliq va bojхona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 27 iyundagi PF-5755-son Farmonini ijro etish yuzasidan qabul qilingan.

 

Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni import qilishda QQS toʻlovchilarga uni toʻlashdan ozod etish oʻrniga toʻlash muddatini 120 kunga kechiktirish taqdim etilishi mumkin.

 

DBQga DSQ va Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 1 oktyabrga qadar QQS toʻlash muddatini uzaytirishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish topshirildi. Manfaatdor vazirliklar va idoralar esa bir oy muddatda normativ-huquqiy bazaga tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari kerak.

 

QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega boʻlish uchun soliq toʻlovchi davlat bojхona хizmati organiga ariza va soliq toʻlanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

 

Organ 5 ish kuni mobaynida toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ikkala holatda ham ariza beruvchiga хabarnoma keladi.

 

Toʻlov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan taqdirda хabarnomada summa va uzaytirishning amal qilish davri koʻrsatiladi. Agar toʻlov muddatini uzaytirish rad etilsa, хabarnomada rad etish sabablari koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.