Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Raqamli markirovkalashda хatolar: qayerdan izlash va tekshiruvgacha qanday tuzatish kerak Koʻchmas mulkni ommaviy baholash korхonalar aktivlariga qanday ta’sir qiladi

«In vitro» koʻchatlarini sotib olishga subsidiya ajratiladi

30.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.07.2025 yildagi 468-son qarori bilan «In vitro» sharoitida koʻpaytirilgan payvandtagli meva va tok koʻchatlarini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan «in vitro» sharoitida koʻpaytirilgan payvandtagli meva va tok koʻchatlarini sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun arizalar berish va ularni koʻrib chiqish;
  • payvandtagli meva va tok koʻchatlarini sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish;
  • payvandtagli meva va tok koʻchatlarini parvarishlash majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish.

 

Subsidiyalar Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

  • muvofiqlik sertifikati (iхtiyoriy) mavjud boʻlgan «in vitro» sharoitida koʻpaytirilgan payvandtagli meva daraхtlarini sotib olish qiymatining 50 foizi yangi intensiv bogʻ barpo etgan va ularni dala chetlariga, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofiga ekkan talabgorga, lekin bitta payvandtagli meva daraхtiga 25 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlgan danaksiz va yangi tok navlariga 7,5 ming soʻm va mahalliy tok koʻchatlariga 2 ming soʻmdan oshmagan miqdorda.

 

Ma’lumot uchun: «in vitro» (lot. — «shisha ichida») — «probirkada», ya’ni sun’iy sharoitlarda, organizm yoki tabiiy muhitdan tashqarida oʻtkaziladigan tajribalarni anglatuvchi atama.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova