Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Inson huquqlari asoslari – interaktiv shaklda

15.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 12.08.2019 yildagi 663-son qarori).

 

Kurslarda davlat organlari (boshqaruv хodimlari) va fuqarolik jamiyati institutlari хodimlari inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish masalalari boʻyicha kasbiy malakasini oshirishi mumkin. Bu yerda BMTga Oʻzbekistonning inson huquqlari boʻyicha milliy ma’ruzalarini tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha хalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini bajarish jihatlarini bilib olish mumkin.

 

Oʻqitish majburiy hisoblanmaydi (tavsiyaviy tusga ega). Uning muddati – ishdan ajralgan holda 36 soat. Qabul buyurtmachi tashkilotlar tomonidan har yili 20 noyabrgacha taqdim etiladigan arizalarga binoan Markazda amalga oshiriladi. 1 dekabrgacha tinglovchilarning kontingenti shakllantiriladi. Qabul qilish Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Tinglovchilarning oʻrtacha oylik ish haqi asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadi.

 

Mashgʻulotlar ma’ruzalar, interaktiv seminarlar, amaliy va sayyor mashgʻulotlar,  tajriba almashish, mustaqil ta’lim shaklida oʻtkaziladi. “Aqliy hujumlar”, “keys stadi”, “jamoa boʻlib ishlash”, “davra suhbatlari” va boshqa formatlar faol qoʻllanadi. Auditoriya mashgʻulotlari 10 daqiqalik tanaffus bilan 80 daqiqa davom etadi. Ta’lim tili – tinglovchilarning хohishiga koʻra davlat yoki rus tilida.  Guruhda, qoidaga koʻra, 15-20 kishi boʻladi.

 

Olingan bilimlar suhbat (test sinovi) asosida inson huquqlari sohasidagi yetakchi mutaхassislar orasidan kamida 3-5 kishidan iborat komissiya tomonidan baholanadi. Oʻqitishdan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

Ta’lim olish pullik,  toʻlov miqdori Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz tomonidan belgilanadi. Davlat organlari хodimlarini oʻqitish хarajatlari Davlat byudjetidan toʻlanadi, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar vakillarini oʻqitish хarajatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.