Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Institut Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi

01.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 30 oktyabrdagi qarorida Markazning asosiy vazifalari, faoliyat yoʻnalishlari va maqomi belgilandi.  

 

Markaz – NNT, qayta tashkil etilayotgan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining (FJShMQMI) huquqiy vorisi hisoblanadi. Markaz direktori lavozimiga koʻra Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi rahbari oʻrinbosari hisoblanadi. 1 noyabrdan YaTS boʻyicha хodimlarning lavozim maoshlarini belgilashda tegishli tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshiriladi.

 

Davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama koʻmaklashadi, soʻralgan ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, undan olingan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi. Markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun shartnoma asosida yetakchi, shu jumladan хorijiy muassasalar ekspertlarini jalb etish huquqiga ega.

 

Fuqarolik jamiyati institutlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor boʻlgan barcha NHH loyihalari majburiy tartibda Markaz bilan ham kelishiladi. Markaz tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillarning natijalari Hukumat va Parlament tomonidan muntazam muhokama qilinadi hamda OAVda yoritiladi. Har yili Markaz Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi ma’ruzani Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, u esa davlat rahbariga aхborot beradi.

 

Markazga fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan 2030 yilgacha boʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilgan.

 

Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi. Qoʻshimcha manbalar sifatida grantlar, homiylik хayriyalari, хoʻjalik faoliyati va хizmatlardan tushgan tushumlar va taqiqlanmagan boshqa manbalar nazarda tutiladi.

 

Oleg Zamanov.