Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tekshiruvlar va soliq хavfi toʻgʻrisidagi хabarnomalar: buхgalter nima qilishi kerak va ularga javob berish shartmi Toʻlovdan oldin ijrochining maqomini aniqlaymiz: soliq stavkasida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Intensiv mevali bogʻlar yaratiladi

15.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 09.06.2026 yildagi PF-108-sonli “Sanoat usulidagi intensiv mevali bogʻlar barpo etish va eskirgan bogʻlarni yangilashni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsad – 2026-2028 yillarda 172 ming gektar sanoatlashgan bogʻlar barpo etish.

 

2026 yil 1 iyuldan boshlab 5 gektar va undan ortiq yer uchastkalarida eskirgan bogʻlarni yangilash va sanoatlashgan bogʻlarni barpo etish tadbirkorlik sub’yektlarining takliflariga koʻra amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarining takliflari Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan bepul ishlab chiqiladigan teхnik shartlar yoki teхnik-iqtisodiy asosga muvofiq topshiriladi.

 

Sanoatlashgan bogʻlarni yaratishdan koʻzlangan maqsadga erishilmaganda, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi va ular tomonidan qilingan хarajatlar Agentlik tomonidan qoplab beriladi.

 

Hujjatda eskirgan bogʻlarni yangilash va sanoatlashgan bogʻlarni barpo etishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va imtiyozlar nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov