Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya loyihalari yangi shartlar boʻyicha amalga oshiriladi

13.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2022 yildagiVazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi 14-son qarori  qabul qilindi.

 

Hujjat yer uchastkalarini olib qoʻyish masalalarida nizoli vaziyatlarning oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:

birinchidan, nizomning 33-bandiga ikkita хatboshi kiritildi. Ularga koʻra,

  • bayonnomada investitsiya loyihalari ushbu hududda amalga oshirilishiga rozilik bergan yoki qarshi boʻlgan mulkdorlar koʻrsatilishi shart;
  • ochiq muhokama davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan yer uchastkasida investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga bitta mulkdor qarshi boʻlgan taqdirda ham mazkur hududda ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

ikkinchidan, nizomning 47-bandi yangi tahrirda bayon etildi. Unga koʻra, mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda, investor ularning koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddatini belgilash toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Ilgari, investor bunday mulkdorlarning koʻchmas mulk ob’yektlarini majburiy sotib olish toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.