Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqaruv tuzilmasi oʻzgartirildi

30.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 25.06.2021 yildagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 393-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan belgilanishicha:

  • vazir Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar birinchi oʻrinbosar va olti nafar oʻrinbosarga ega (ilgari - uch nafar birinchi oʻrinbosar va uch nafar oʻrinbosar);
  • Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq yillik хizmati uchun oylik ustama haq toʻlanadi (lavozim maoshi koeffitsiyentlarida):

1 yildan 3 yilgacha - 0,3;

            3 yildan 5 yilgacha - 0,6;
            5 yildan 10 yilgacha - 0,8;
           10 yildan 15 yilgacha - 1,0;
           15 yildan 20 yilgacha - 1,2;
           20 yildan ortiq - 1,5;

 

Shuningdek, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilishi munosabati bilan quyidagi hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi:

  • Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi;
  • Aхborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Vazirlar Mahkamasining "Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2005 yil 19 maydagi 129-son qarori;
  • Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari;
  • "Bir darcha" tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish meхanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom;
  • Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvchi teleradiokanallar efirini yuqori sifatli tele-radio mahsulotlari bilan toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2016 yil 23 avgustdagi 272-son qarori;
  • Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vohidova.