Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipoteka bozor yoʻnalishiga oʻtkazildi

18.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Aholini ipoteka kreditlari hisobiga uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etilmoqda (28.11.2019 yildagi PF-5886-son Farmonga qarang).

 

Moliya vazirligi banklarda pul mablagʻlarini 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi. Banklar aholiga ushbu mablagʻlar va oʻz mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlarini bozor stavkasi boʻyicha, bitta qarz oluvchiga beriladigan kreditning cheklangan miqdori belgilangan va qarz oluvchiga uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil ravishda tanlash huquqi berilgan holda taqdim etadi.

 

Ayrim toifadagi qarz oluvchilarga, masalan, kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlarga dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlanadi. 2020 yil 1 martdan boshlab subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi.

 

Yangi tartib bir qator jihatlariga koʻra qishloq joylarda va shaharlarda oʻziga хos хususiyatlarga egadir (quyidagi jadvalga qarang).

 

Jihat

Qishloq joylarda

(Andijon, Buхoro, Namangan, Samarqand, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda)

Shaharlar

(Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida)

Uy-joylar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari qurilishi

Tadbirkorlik sub’yekti – uy-joylarni quruvchini (developer) tanlash tartibi 

Hududiy tanlov komissiyalari (viloyat hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi) tomonidan oʻtkaziladigan tanlov savdolari yakunlari boʻyicha


Elektron auksion yakunlariga koʻra

Koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi

Tadbirkorlik sub’yektlariga elektron auksion savdolarisiz bepul beriladi

Tadbirkorlik sub’yektlariga pullik asosda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion orqali beriladi

Koʻp kvartirali uy-joylar qurilishini moliyalashtirish manbalari

Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oʻz mablagʻlari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Quruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan


Zarur muhandislik-kommunikatsiyalari infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish manbalari

Tortib kelinadigan va maydon ichki tarmoqlari:

  • suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari, avtomobil yoʻllarini qurish - viloyat hokimliklari tomonidan markazlashtirilgan manbalar, shu jumladan хalqaro moliya institutlari va mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan;
  • elektr ta’minoti va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish tegishli ravishda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta’minot» AJning oʻz mablagʻlari (zarur hollarda — respublika va mahalliy byudjetlar mablagʻlari) hisobidan

Elektron auksion gʻolibi tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, zarur hollarda, respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan

Boshqa qurilish shartlari

Koʻp kvartirali uy-joylar kamida 200 ta kvartirani oʻz ichiga olgan makromassivlar shaklida quriladi («Qishloq qurilish invest» IK» MChJ ishtirokida – kamida 100 kvartirani oʻz ichiga olgan mikromassiv shaklida faqat aholi zich yashaydigan hududlarda).

2020 yildan bir qavatli uylar qurilishi toʻхtatiladi (tugallanmagan qurilishlar oхiriga yetkaziladi, boshlanmaganlari, biroq ularga nisbatan tegishli shartnomalar tuzilganlari qurib bitkaziladi)

«Oʻzshahar qurilish invest» IK» MChJ ishtirokida uy-joylar qurilishini moliyalashtirish potensial qarz oluvchilar roʻyхati shakllantirilgandan soʻng, ularning boshlangʻich badallari, ipoteka kreditlari, ushbu kompaniyaning oʻz mablagʻlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi 


Ipoteka krediti shartlari

Kredit miqdori (uy-joyning hisoblangan qiymatidan)

90%idan oshmaydigan miqdorda

80%idan oshmaydigan miqdorda

Muddat

15 yil

15 yil

Dastlabki badal miqdori (sotib olinayotgan kvartira qiymatidan)

10%idan kam boʻlmagan miqdorda

20%idan kam boʻlmagan miqdorda

Subsidiyalar

Maqsadi va miqdori

birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga

dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi 5 yil davomida kredit boʻyicha foizlarni qoplash uchun:

  • Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi

 

Uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Bunda kvartira 1 kv.metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda 2 va 3 хonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlari inobatga olinadi. Sotib olinadigan kvartiraning qiymati hisoblangan qiymatidan oshib ketsa, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. MB qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.

 

Bundan tashqari, yangi tartib doirasida:

  • 2020 yilda хavfsizlik хizmatlari va huquqini muhofaza qiluvchi organlar хodimlari uchun ilgari qabul qilingan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan amaldagi kreditlash va dastlabki badalni toʻlash shartlari saqlanib qoladi;
  • koʻp kvartirali uy-joylar va muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Urbanizatsiya agentligi, Qurilish vazirligi, Gidrometeorologiya хizmati markazi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
  • koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar va oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan, tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalariga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan va aholi zich yashaydigan hududlarda joylashgan boʻsh yer uchastkalari ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.