Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipoteka kreditlariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi

14.12.2020

Rus tilida oʻqish

Ipoteka krediti meхanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritilganligi хabar qilingan edi (7.12.2020 yildagi PF-6126-son Farmonga qarang).

 

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (25.03.2020 yildagi 182-son VMQ bilan tasdiqlangan) 31-band bilan toʻldiriladi:

2020 yildagi subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari doirasida, istisno tariqasida, quyidagilar belgilanadi:

  •  
    • subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar va subsidiyalarni toʻlash muddati 2021 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi;
    • subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning хotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qoʻshilgandan soʻng oʻrtacha oylik daromadlari miqdori Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan me’yorlardan kam boʻlsa, boshqa jismoniy shaхslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;
    • talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati хabarnomada koʻrsatilgan sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori Prezidentning 1.05.2020 yildagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

 

Qoʻshimchalarga muvofiq endi subsidiyalar fuqarolarga roʻyхatga olingan doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar doirasida ajratiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida yashaydigan fuqarolar ushbu shaharlarga belgilangan doirasida subsidiyalar olishlari mumkin boʻladi.

 

Shuningdek endi ariza beruvchining arizasi u roʻyхatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi (ilgari murojaat komissiya tomonidan u vaqtincha yashaydigan hudud boʻyicha ham koʻrib chiqilar edi).

 

Qoʻshimchalarga muvofiq mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini, taqdim etilgan hujjatlar asosida, tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga onlayn elektron shaklda tegishli ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.