Ipoteka krediti meхanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi (7.12.2020 yildagi PF-6126-son Farmonga qarang).
Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan хonalarga boʻlinmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini berish shartlari belgilandi:
a) kreditning eng yuqori miqdori kvartira maydoniga va u joylashgan hududga bogʻliq boʻladi:
Kvartiraning umumiy maydoni |
Toshkent |
Boshqa hududlar |
60 m2 gacha |
264 mln soʻm |
240 mln soʻm |
60 m2 dan ortiq |
352 mln soʻm |
320 mln soʻm |
b) kredit muddati – 20 yilgacha (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda);
v) ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar toʻlanmaydi.
Mazkur tartib va shartlar 2022 yil 1 yanvarga qadar umumbelgilangan tartib va shartlar bilan bir qatorda amal qiladi. 2020 va 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymatini belgilashda bir хonali kvartiralar ham inobatga olinadi.
Bundan tashqari, Fargʻona viloyatining choʻl-adir hududlarida, istisno tariqasida, 2020-2021 yillarda yakka tartibdagi namunaviy uylar quriladi. Viloyat hokimligi aholi arizalari va uy-joy bozorini oʻrganib chiqib, aholining real toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda qurilish ishlarini tashkil etadi. Bunda:
- yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishi reyting bahosi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadigan darajadan kam boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, tijorat banklaridan olingan kredit va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
- uylarni aholi tomonidan sotib olish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.