Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining vazifalari belgilandi

21.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu borada Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 14 oktyabrda 868-son tegishli qarorni qabul qildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 13.05.2019 yildagi PF-5715-son Farmoni bilan mamlakatimizda ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini tashkil qilish nazarda tutilgan edi hamda uning kredit beruvchi banklar va qarzdorlar bilan oʻzaro munosabat yuritish tartibi belgilangan edi (sharhga qarang).

 

Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi – aksiyadorlik jamiyati shaklidagi qayta moliyalashtirish kredit tashkiloti. Uning boshlangʻich ustav kapitali 25 mlrd soʻmni tashkil etadi. Moliya vazirligi kompaniyada davlat nomidan aksiyador sifatida ishtirok etadi. Davlat ulushi respublika byudjetidan ajaratiladigan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.

 

Quyidagilar kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • mahalliy va хalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish va keyinchalik ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
  • aholining arzon uy-joylarga ortib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
  • qimmatli qogʻozlar, shu jumladan ipoteka qimmatli qogʻozlarni chiqarish va investorlar oʻrtasida joylashtirishni tashkil etish;
  • ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy uslub va vositalarini tatbiq etish, ipoteka krediti va ipoteka qimmatli qogʻozlar bozorida likvidlilikni oshirish va tavakkalchilikni kamaytirish;
  • ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasidagi metodologik hamda normativ-huquqiy bazani, shu jumladan хorijiy ekspert va mutaхassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqishda ishtirok etish. 

Kompaniya emissiya qimmatli qogʻozlarni chiqarishni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.