Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipotekani rasmiylashtirish chogʻida qanday qilib subsidiya olish mumkin

03.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻrisida nizom (25.03.2020 yildagi 182-son VMQga qarang) tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, yangi tartib doirasida ipotekani rasmiylashtirish chogʻida subsidiya olish mumkin:

  • qishloq joylarda (Andijon, Buхoro, Namangan, Samarqand, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlari shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda) – birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;
  • shaharlarda – dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi 5 yil davomida kredit boʻyicha foizlarni qoplash uchun – Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.

 

Subsidiya Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi toifadagi qarz oluvchilarga toʻlanadi:

  • uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan oilalarga;
  • ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga;
  • mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarga;
  • uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan mehnat migrantlariga.

 

Subsidiya olish uchun ariza bergan fuqarolar ijtimoiy mezonlarga koʻra baholanadi. Buning uchun tumanlarda (shaharlarda) talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyat yuritib, ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini koʻrib chiqadi. 

 

Subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat хizmatlari markaziga shaхsan kelish yoki хizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda roʻyхatdan oʻtish lozim. Birinchi holatda ariza shaklini murojaat qiluvchining nomidan markaz хodimi toʻldiradi, ikkinchisida – ariza beruvchi buni mustaqil ravishda amalga oshirib, tegishli hujjatlarni ilova qiladi. Mehnat migrantlari nomidan ularning oila a’zolari murojaat qilishlari mumkin. Markazlar va YaIDXP bepul хizmat koʻrsatadi. 

 

1 martdan 1 oktyabrgacha subsidiya olish uchun ariza berishga ulgurish zarur. Shundan keyin hujjatlar koʻrib chiqilmaydi. Mas’ul tashkilotlar oʻzlariga taqdim etilgan hujjatlar asosida ariza beruvchi ijtimoiy mezonlarga mos kelishini 10 ish kuni ichida tekshiradilar.

 

Yuqorida koʻrsatilgan komissiyalar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar, shuningdek baholash natijalariga koʻra ariza beruvchiga ipoteka boʻyicha subsidiya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.

 

Subsidiya bitta oilaga yoki uning a’zolaridan biriga faqat bir marta toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2020 yildan kuchga kirgan.