Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyot vazirligi joylarda faoliyatni faollashtiradi

04.04.2017

Prezidentning 16.03.2017 yildagi PQ–2840-son Qarori bilan Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari tashkil qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 22.02.2016 yildan yima boshqarmalar va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari tuzilmasi tarkibida edi.

 

Lavozimga tayinlash va undan ozod etishning quyidagi tartibi tasdiqlandi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri – iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda Joʻqorgʻi Kenges tomonidan;
  • viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari – tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda iqtisodiyot vaziri tomonidan;
  • tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari – iqtisodiyot vaziri bilan kelishilgan holda, shuningdek tegishli tuman va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan.

 

Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga qoʻshimcha 12 ta shtat birligi ajratilib, ushbu bosh boshqarma iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysundirildi.

 

Qaror bilan koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalarning asosiy vazifalari, shuningdek, ularning tuzilmalari, хodimlarining cheklangan soni hamda mehnatiga haq toʻlash razryadlari  tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.