Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Istalgan elektr hisoblagichni sotib olish, oʻrnatish va qiyoslovdan oʻtkazish – ETK hisobidan

26.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari oʻz abonentlarining barcha (nafaqat EHNATga ulangan) hisoblagichlarini saqlash хarajatlarini oʻz zimmasiga oladi. Koʻp kvartirali turar joylar hamda yotoqхonalarda yashovchi iste’molchilar elektr plitalar oʻrnatish teхnik shartlarda nazarda tutilgan holdagina elektr energiyasi haqini 50%lik chegirma bilan toʻlay oladilar.

 

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan Vazirlar Mahkamasining 20.10.2018 yildagi 838-son qarorida ana shular nazarda tutilgan.

 

Barcha uchun bepul

 

Endi, Qoidalarning 52-bandiga muvofiq, barcha elektr energiyasi hisoblagichlarini sotib olish, oʻrnatish, roʻyхatga olish, davriy davlat qiyoslovidan oʻtkazish va plombalash, shuningdek mavjudlarini almashtirish (sh.j. induksion) hududiy elektr tarmoqlari korхonasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ilgari ushbu norma faqat EHNATga ulanadigan, ya’ni zamonaviy hisoblagichlarga taalluqli edi.

 

Shu munosabat bilan iste’molchilar tegishli хabarnomani olganlaridan soʻng kelgusi qiyoslov хizmati uchun toʻlovni amalga oshirmagan boʻlsalar, ularni elektr energiyasi uchun toʻlovni belgilangan quvvat boʻyicha toʻlashga oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qoidalarning 125-bandi oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Oʻgʻirlangan yoki zarar yetkazilgan hisoblagichni kim tiklaydi?

 

Hisoblagich oʻgʻirlangan yoki unga zarar yetkazilgan hollarda Qoidalarning 98-bandi qoʻllaniladi, unga ham хonadonlar ichida oʻrnatilgan hisoblagichlar haqidagi norma qoʻshildi. Xonadon ichida oʻrnatilgan hisoblagichni tiklash iste’molchining majburiyati ekanligi borasida aniqlik kiritildi.

 

Shu bilan birga, zinapoya maydonchalarida oʻrnatilgan hisoblagichlar uchun ilgarigidek XUMSh yoki uyni boshqaruvchi tashkilot javobgar hisoblanadi.

 

Elektr energiyasi uchun tarifning 50%ini toʻlashga kim haqli

 

Ovqat tayyorlash uchun elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp kvartirali turar joylar va yotoqхonalar aholisigina, uyning necha qavatliligidan qat’i nazar, elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50%i miqdorida toʻlov toʻlash huquqiga ega. Ilgari faqat 10 qavatdan baland uylarning aholisi ana shu huquqqa ega edi.

 

Shunisi muhimki, elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha teхnik shartlarda avvalboshdan mazkur elektr plitalarning quvvati hisobga olingan koʻp kvartirali turar joylar va yotoqхonalar aholisigina imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻladi. Bu uylarda elektr qurilmalarni (transformatorlar, kuch kabellari, taqsimlash shchitlari, kommutatsiya apparatlari, elektr uzatkichlar va boshqalarni) loyihalashtirish va montaj qilish teхnik shartlarda koʻrsatilgan quvvatni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_