Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

10.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.12.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-34-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) quyidagi qoʻshimcha vazifalar belgilandi:

  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlashga oid materiallarni tayyorlash uchun buyurtmalar berish;
  • nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini hamda bu borada oʻtkaziladigan tadqiqotlarini va ijtimoiy soʻrovlarini moliyalashtirish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.

 

Agentlikda unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashuvchi, yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab:

a) Agentlik quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir ma’lumotlarni olish;
  • tadqiqotlar va ma’muriy surishtiruvlar oʻtkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash boʻyicha qoʻshma ishchi guruhlarini tuzish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qoʻzgʻatish yoki boshqa ta’sir choralarini koʻrish uchun korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi хabarlarni yuborish va ushbu хabarlarni tekshirish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ma’lumotni talab qilib olish;
  • ommaviy rezonans va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar boʻyicha ishni koʻrib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlari oʻtkazish;

b) Agentlik tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilikni хabardor qilinishining quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

  • ommaviy rezonans va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan хabarlar boʻyicha - 10 kun muddatda;
  • boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar toʻgʻrisida - hamkor organlar bilan kelishuvga koʻra har chorak yoki yarim yillik yakunlari boʻyicha;
  • korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir boʻlish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida - yil yakuni boʻyicha;

v) Agentlik fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor хabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan "Call-markaz"ni ishga tushiradi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.12.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Elmira Siraziyeva.