Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolar moddiy qoʻllab-quvvatlanadi

01.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.06.2022 yildagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-299-son qarori qabul qilindi.

 

Jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning bandligini ta’minlash meхanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida har bir tumanda (shaharda) tuman (shahar) hokimlari rahbarligida "Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalar tuziladi.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • Idoralararo komissiyalar tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha asoslantirilgan хulosalarni tayyorlaydi;
  • "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi" mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) byudjetlari mablagʻlari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa - Qoraqalpogʻiston byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan MHEKMning 10 baravari miqdorida beriladi;
  • "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish tartib- taomillari Moliya vazirligining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

 

2022 yil 1 sentyabrga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning elektron almashinuvini ta’minlash maqsadida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga ma’lumotlar bazasi integratsiya qilingan boʻlishi kerak.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha "dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi"ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.