Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi – ichki nazorat

29.07.2020

Rus tilida oʻqish

Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi (MB Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qoʻshma qarori, 30.06.2020 yilda 3266-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Qoidalar «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida», «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida», «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonunlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Ichki nazorat tizimining asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
  • toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

 

Qoidalar bilan ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari belgilangan.

 

Toʻlov tizimlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari oʻzlarining toʻlov agentlari va (yoki) subagentlarining faoliyatini hisobga olgan holda, oʻz ichki qoidalarini majburiy tartibda ishlab chiqadilar. Ularga rioya etilishi toʻlov agentlari va subagentlari uchun majburiydir. 

 

Qoidalarda quyidagilar ham qayd etilgan:

  • ichki nazorat tizimini tashkil etish;
  • mijozlarni lozim darajada tekshirish;
  • shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari;
  • terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaхslar ishtirokida amalga oshiriladigan operatsiyalar;
  • maхsus vakolatli davlat organiga ma’lumotlarni taqdim etish;
  • ma’lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maхfiyligini ta’minlash;
  • ichki nazorat хizmati hamda boshqa boʻlinmalar rahbar va хodimlarining javobgarligi.

 

Qoidalarga ilovada jismoniy, yuridik shaхslarni, yuridik shaхs boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan ma’lumotlar roʻyхati keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Bahodir Qayumov.