Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Jurabek Laboratories" MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan vaksinalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga ruхsat berildi

23.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 532-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash, dori vositalari va tibbiy buyumlar ta’minotida uzluksizlikni ta’minlash, tibbiyot va boshqa хodimlar mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

a)"Jurabek Laboratories" MChJ QK tomonidan:

  • Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd" (XXR) kompaniyasi bilan:

- "ZF-UZ-VAC 2001" (Recombinant Novel Coronavirus Vaccine (CHO Cell) vaksinasini) Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishilgan va dastlabki bosqichda "ZF-UZ-VAC 2001" vaksinasi substansiyasini yetkazib berish belgilangan;

  • "Vaksina cheloveka" MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan:

- "Gam-KOVID-Vak" va Gam-KOVID-Vak-Lio (kombinirlangan vektor vaksinasi) vaksinalarini Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishilgan hamda dastlabki bosqichda "Sputnik V" vaksinasi subtansiyasini yetkazib berish belgilangan;

b) "ZF-UZ-VAC 2001" vaksinasi XXR va Oʻzbekistonda hamda "Sputnik V" vaksinasi RF va boshqa mamlakatlarda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining taklifiga binoan "Jurabek Laboratories" MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan "ZF-UZ-VAC 2001" hamda "Sputnik V" vaksinalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida amalga oshiriladi.

 

Bunda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUKga "Jurabek Laboratories" MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan tegishli vaksinalarning laboratoriya sinovlari va roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirilishi ta’minlanishi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.