Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona chet el kompaniyasidan yuk avtomobilini ijaraga olsa Ijtimoiy soliqni toʻlash vaqti va hisobot topshirish tartibi Yangi yilda buхgalterga nima sovgʻa qilish mumkin: foydali gʻoyalar

Kam ta’minlangan oilalarga Yangi yilga 800 ming soʻmdan toʻlanadi

23.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.12.2021 yildagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-56-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan 2021 yilning dekabr oyida quyidagilarga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

  • 2021 yil davomida "Temir daftar" roʻyхatida boʻlgan oilalarga;
  • 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
  • 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.