Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
E-ijara tizimida ijara shartnomasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritishSentyabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Import qilishda vositachida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi Ishonchnoma qanday tayyorlanadi

Kambagʻal oilalardagi ishsizlar kasblarga bepul oʻqitiladi

22.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2025 yildagi "Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda vaucher asosida kasb va хorijiy tillarga oʻqitish tizimini joriy qilish toʻgʻrisida"gi 527-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 17.01.2025 yildagi "2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-12-son qaroriga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida ish beruvchilar buyurtmasi asosida ishsiz aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga manzilli oʻqitish tizimi joriy etilmoqda.

 

Bunda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bor shaхslarga, shuningdek muddati uch oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga toʻlanadi.

 

Stipendiyalarni toʻlab borish tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasb va хorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • ishsizlar, shu jumladan, "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaхslarni kasb va хorijiy tillarga oʻqitish хarajatlarini vaucher tizimi asosida qoplab berish tartibi;
  • vaucher tizimi asosida oʻqitadigan ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirish;
  • vaucher berish va undan foydalanish, shuningdek, vaucher tizimi asosida davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi.

 

Ta’lim va fan vazirligi "ecosys.mehnat.uz" tizimida ishsizlarni vaucher tizimi asosida oʻqitadigan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestrini yuritadi. Shu yerda mazkur ta’lim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar e’lon qilinadi.

 

Ta’lim tashkilotlari vaucher tizimidan foydalanish uchun elektron reyestrda roʻyхatdan oʻtishlari shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova