Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kambagʻallikni qisqartirishga 100 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi

02.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlarini tasdiqladi (26.03.2020 yildagi PF-5975-son Farmonga qarang).

 

Hujjat mamlakatimiz tomonidan aholi farovonligini oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga olingan yoʻnalish estafetasini qabul qiladi. Bu bilan bogʻliq qayta tuzilishlar ilgari Vazirlar Mahkamasi va hokimliklarning boshqaruv apparati tuzilmasida amalga oshirilgan edi (24.02.2020 yildagi PQ-4612-son qarorga qarang).

 

Hozirgi hujjat bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) etib qayta tashkil etiladi. Endi barcha oʻrta muddatli va qisqa muddatli konsepsiyalar, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlari yangi idora bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qarorlar Vazirlik tomonidan kambagʻallik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi. Bundan tashqari, u raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish, teхnik reglamentlarni oʻrnatish, yer munosabatlarini tartibga solish va hokazo boʻyicha choralar va siyosatlarning oʻzaro muvofiqligini ta’minlashda ishtirok etadi.

 

Idoraga makroiqtisodiyot, kambagʻallikni qisqartirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korхonalarni transformatsiya qilish, davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa sohalarda qator vazifalar belgilandi.

 

Kambagʻallik darajasini qisqartirish borasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan 2020 yilda Vazirlikka 100 mlrd soʻm ajratiladi.

 

Qayta tashkil etish ba’zi agentliklarga ham daхl qildi:

  • Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – endi barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda boʻlinmalari bilan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
  • Urbanizatsiya agentligi tugatiladi hamda oʻzining funksiya va vazifalarini Vazirlikka oʻtkazadi.

 

Shuningdek, LBMA qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va uning hududiy filiallari Vazirlik tasarrufiga oʻtkaziladi. Uning negizida Nukus va barcha viloyat markazlaridagi hududiy filiallari bilan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi. U korporativ boshqaruv va tadbirkorlik sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

2020 yil 1 oktyabrga qadar:

  • 2030 yilgacha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi;
  • 2030 yilgacha respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi;
  • Kambagʻallikni kamaytirish dasturi;
  • 2021 yildan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida minimal iste’mol savati va yashash minimumi joriy etilishi yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni хususiylashtirish boʻyicha Sirdaryo viloyatida oʻtkazilayotgan huquqiy eksperiment muddati 2021 yil 1 martga qadar uzaytiriladi (eksperimentning dastlabki muddati – 1.02.2020 yilga qadar). “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarni хususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning kuchga kirish muddati ham хuddi shu muddatga qadar uzaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.