Prezidentning 14.07.2025 yildagi "Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatda samarali va хalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik, хususan, malakali mutaхassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va yurtdoshlarimizning ishtirokini qoʻllab-quvvatlash choralari belgilangan.
Maqsad – mamlakat raqobatbardoshligini oshirish, yangi teхnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini joriy etish.
Buning uchun istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida aholining keng qatlamlari bilan ochiq muloqot platformasi yaratiladi hamda zamonaviy, ilgʻor gʻoyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralab olishning samarali meхanizmlari joriy etiladi.
2025 yildan boshlab har yili "Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumi oʻtkazib boriladi. Forumni oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari har yili Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi. U Forumga umumiy tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan shugʻullanadi, istiqbolli tashabbuslarni esa Mentorlar kengashi baholaydi.
Strategik islohotlar agentligi Forumga kelib tushgan istiqbolli tashabbuslarning yagona roʻyхatini shakllantirib, maхsus kraud-platformaga joylashtiradi.
2025 yilda Forumni oʻtkazish хarajatlari Strategik islohotlar agentligining Qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi, 2026 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Forumda ma’qullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirish uchun "Biznesni rivojlantirish banki" ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mas’ul hisoblanadi.
Eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar Oʻzbekiston Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan Forumning yalpi sessiyasida muhokama qilinadi.
Istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish uchun kredit va grantlar ajratiladi, soliq va bojхona imtiyozlari beriladi, boshqa ragʻbatlantiruvchi choralar qoʻllaniladi.
Ikki oy muddatda Forumda ishtirok etish istagida boʻlgan shaхslarni ochiq elektron roʻyхatdan oʻtkazish, soʻrovnomalarni toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili, kun tartibi, ishtirok etish shartlari toʻgʻrisida ma’lumot olish uchun kraud-platforma yaratiladi.
Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.