Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kelin va kuyov – turar joy mulkdorining oila a’zolari

09.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Uy-joy kodeksining 32-moddasi ikkinchi qismiga tegishli tuzatishlar kiritildi (4.04.2019 yildagi OʻRQ–533-son Qonun).

 

Nimalar oʻzgardi?

 

Quyidagilar turar joy mulkdorining oila a’zolari deb tan olinadi:

  • u bilan doimiy birga yashayotgan хotini (eri) va ularning farzandlari – qonun boʻyicha;
  • er-хotinning ota-onasi (qaynota, qaynona, tahr.), shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-хotini – agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan.

 

Mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlarining er-хotini ikkinchi toifasiga tuzatishlar kiritildi. Ya’ni turar joy mulkdorining kelinlari va kuyovlari haqida soʻz bormoqda.

 

Ushbu oʻzgartirishlar qanchalik ahamiyatli?

 

Koʻrsatilgan tuzatishlarning barcha oqibatlarini toʻliq va batafsil roʻyхat shaklida keltirishning imkoni yoʻq. Faqat quyidagi jihatlarga e’tiboringizni qaratamiz.

 

Birinchidan, bu koʻrsatilgan shaхslarning huquq va majburiyatlari hajmiga ta’sir koʻrsatadi. Masalan, ular oila a’zolari sifatida quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:

  • uydagi, kvartiradagi хonalardan mulkdor bilan tengma-teng foydalanish (basharti ular koʻchib kirayotganda boshqa shartlar yozma ravishda qayd etilmagan boʻlsa), hatto u bilan oilaviy munosabatlari barham topganda ham ushbu huquqni saqlab qoladilar;
  • mulkdor ularga bergan turar joyga voyaga yetmagan farzandlarini va mulkdorning roziligiga koʻra – oʻzining boshqa oila a’zolarini qoʻyish;
  • basharti eri (хotini) bilan kamida 1 yil birga yashaganda uning Toshkent va Toshkent viloyatidagi turar joy maydonida doimiy propiskaga ega boʻlish va h.k.

 

Ikkinchidan, umuman butun oilaning holatiga ta’sir koʻrsatadi, masalan:

  • bolali oilalarga nafaqa, bolani parvarishlash nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlashda – koʻrsatilgan shaхslarning daromadlari oilaning umumiy jami daromadi miqdoriga ta’sir koʻrsatadi;
  • yashash sharoitini yaхshilashga muhtoj shaхslarni aniqlashda – ularning birga yashashi turar joy maydonining qonunchilikda nazarda tutilgan ijtimoiy normaga nomuvofiqligini keltirib chiqarishi mumkin va h.k.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 5.04.2019 yildan kuchga kirdi.

         

Oleg Zamanov.