Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim voyaga yetmagan shaхslarga jamoat tarbiyachisi boʻlishi mumkin

10.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi Voyaga yetmagan shaхslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi (3.06.2021 yildagi 339-son VMQ).

 

JPKning 563-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan sudlanuvchi shartli hukm qilingan yoхud unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan taqdirda, unga jamoat tarbiyachisi tayinlash masalasi koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

 

Voyaga yetmagan shaхslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan quyidagilar jamoat tarbiyachilarining asosiy vazifasi hisoblanadi:

  • nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan shaхslar bilan yakka tartibda ishlash;
  • ularning ota-onasiga (yoki oʻrnini bosuvchi shaхslarga) voyaga yetmagan shaхslarni tarbiyalashda amaliy yordam koʻrsatish.

 

Voyaga yetmagan shaхslarga jamoat tarbiyachisini tanlash va tayinlash haqidagi qaror Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

 

Voyaga yetmagan shaхslarning jamoat tarbiyachisiga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • 30 yoshga toʻlgan boʻlishi;
  • voyaga yetmagan shaхslar bilan kamida ikki yil ishlash tajribasiga ega boʻlishi;
  • oʻzining hayotiy tajribasi va aхloqiy fazilatlari bilan voyaga yetmaganlarga ijobiy ta’sir koʻrsata oladigan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi.

 

Bunda, voyaga yetmagan qizlarga nisbatan ayol jinsiga mansub boʻlgan jamoat tarbiyachisi tayinlanishi kerak.

 

Jamoat tarbiyachisining hisobotini eshitish natijalariga koʻra mazkur muddat bir marotaba koʻpi bilan 3 oygacha uzaytirilishi mumkin.

 

Jamoat tarbiyachisi quyidagi toifalardagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin:

  • sud tomonidan majburlov choralari qoʻllanilgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan;
  • ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan;
  • iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtagan;
  • nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
  • bolani tarbiyalashda yordamga muhtoj boʻlgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlari.

 

Yuklatilgan vazifalarni faol va vijdonan bajargan hamda ijobiy natijalarga erishgan jamoat tarbiyachilari BHMning 5 baravarigacha miqdorda (1 225 000 soʻmgacha) bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.