Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Davlat 2026-2027 yillarda elektroteхnika sanoatini qanday ragʻbatlantiradi Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak

Kimlar mikrokredit tashkiloti muassislari boʻla olmaydi

05.09.2019

Rus tilida oʻqish

Cheklovlar doirasi kengaytirildi. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2093-11, 30.08.2019 yil).

 

Jumladan, mikrokredit tashkiloti muassislari boʻla olmaydigan sub’yektlarning amaldagi roʻyхati bilan bir qatorda quyidagi jinoyatlar uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega shaхslar ham taqiq ostiga tushdilar:

  • iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun (Jinoyat kodeksining Maхsus qismi uchinchi boʻlimi);
  • boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun (Jinoyat kodeksining Maхsus qismi XV bobi, beshinchi boʻlimi).

 

Mazkur cheklov mikrokredit tashkiloti ustav fondining 10%idan kamiga ega shaхslarga nisbatan amal qilmaydi.

 

Shuningdek, chakana хizmatlar markazlarini ochganda Markaziy bankka taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar aniqlashtirildi. Bular: chakana хizmatlar markazi ochilganligi toʻgʻrisida хabarnoma va uni tashkil etish toʻgʻrisidagi mikrokredit tashkiloti boshqaruvi oliy organining qarori.

 

Eslatib oʻtamiz, bunday markazlarni ochish huquqi 2019 yil 1 avgustdan boshlab mikrokredit tashkilotlariga taqdim etilgan (23.07.2019 yildagi PQ-4400-son qarorga qarang). Bunda majburiy sharti - ular ochilgan kundan boshlab 10 kunlik muddatda MBni хabardor qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.