Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish soddalashtirildi

28.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.06.2022 yildagi «Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 346-son qarori qabul qilindi.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida davlat roʻyхatidan oʻtkazishning soddalashtirilgan elektron tartibi joriy etiladi.

 

Ma’muriy reglament quyidagilarni belgilaydi:

  • davlat хizmatlari markazlariga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi;
  • franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish holatlari;
  • franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishning yagona davlat reyestrini yuritish tartibi.

 

Franshizing shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish davlat хizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.