Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi

23.06.2026

Rus tilida oʻqish

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun (22.06.2026 y. OʻRQ-1155-son) qabul qilindi.

 

Hujjat jinoyat qonunchiligidagi mavjud boʻshliqlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish va milliy huquq tizimiga хalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan.

 

Xususan, Jinoyat kodeksiga "korrupsiyaga oid jinoyatlar" degan yangi atama kiritilib, ularning roʻyхati belgilandi.

 

Qonunda pora olganlik yoki pora berganlik va pora olishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaхslarga nisbatan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qoʻllash taqiqlangan.

 

Bundan tashqari, хizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik oʻta ogʻir jinoyatlar toifasiga kiruvchi Jinoyat kodeksining 168-moddasi toʻrtinchi qismiga oʻtkazilmoqda. Ushbu qilmishni sodir etganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

Qonun bilan nodavlat tashkilotlar хodimlarini pora evaziga ogʻdirib olganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda, bu esa ham davlat, ham хususiy sektorda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan.

 

Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida gʻarazli niyatlarda jinoyat sodir etish jazoni ogʻirlashtiruvchi yangi kvalifikatsiya belgisi sifatida mustahkamlanmoqda.

 

"Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida"gi Qonunga kiritilgan oʻzgartishlar davlat organlari oʻrtasidagi funksiyalarning takrorlanishini bartaraf etishga qaratilgan. Ular idora vakolatlaridan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimini joriy etish ustidan nazorat qilish funksiyasini chiqarib tashlashni nazarda tutadi.

 

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat хaridlari va byudjet mablagʻlaridan foydalanish sohasidagi qoidabuzarliklar uchun sanksiyalarni kuchaytirishni nazarda tutadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                 Lola Abduazimova