Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Kreativ iqtisodiyot: soliq imtiyozlari va yangi ragʻbatlantiruvchi choralar

09.07.2026

Rus tilida oʻqish

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 07.07.2026 yildagi OʻRQ-1157-son Qonun qabul qilindi.

 

Hujjat kreativ iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, ushbu sektor sub’yektlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar va ragʻbatlar yaratishga qaratilgan.

 

Xususan, Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritilib, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etayotgan mutaхassislar hamda Kreativ industriya parki rezidentlariga muayyan soliq imtiyozlari berilmoqda.

 

Xorijiy kontragentlar 2026 yildan 2030 yilgacha boʻlgan davrda QQS, toʻlov manbaida foyda soligʻi va jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod etiladi. Bunda imtiyozlar faqat mutaхassislar kreativ industriya bilan bogʻliq ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatishda bevosita ishtirok etgan taqdirda amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova