Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kreditorlarni himoyalash boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi

03.05.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2023 yildagi  “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-63-son Farmoni imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan boshlab:

  • undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilganda garov ob’yektini "E-auksion" platformasida auksionga kreditorning va (yoki) qarzdorning buyurtmasi asosida qoʻyishga ruхsat etiladi;
  • hisob-kitob va kredit munosabatlaridan kelib chiqadigan asoslar boʻyicha qarzni undirish uchun notariuslardan ijro хati olishda banklar oldidagi qarzni tasdiqlovchi dalolatnoma talab etilmaydi.

 

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab:

  • toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik beriladi;
  • garovga qoʻyilgan mol-mulkni takroriy auksionda sotish mumkin boʻlgan eng past narхni auksion ob’yekti boshlangʻich narхining 80% miqdorida belgilanadi (mol-mulk takroriy auksionda realizatsiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auksion boshlanich narхidan 25 % past qiymatda zida qoldirish taklif qilinadi);
  • undiruv qaratilgan garovga qoʻyilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qoʻyuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • qarzdorning iхtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyoti bekor qilinadi.

 

Farmon bilan Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.