Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kripto-doʻkonlar uchun qoidalar oʻrnatilmoqda

04.11.2022

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami. № 3395 ot 31.10.2022g.).

 

Hujjatga muvofiq kripto-doʻkon mijozlarga oʻzining elektron platformasiga va (yoki) savdo ob’yektiga mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish uchun kirishga ruхsat berish orqali kripto-aktivlarni sotib olish va (yoki) sotish boʻyicha operatsiyalarni tashkillashtiradi.

 

Ma’lumot uchun: kripto-doʻkon kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari turiga kiradi; mazkur faoliyat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandi).


Jismoniy shaхslar qoʻyidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqli:

  • kripto-doʻkonning elektron platformasida:
    • bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutaga sotib olish va (yoki) sotish boʻyicha;
    • chet el fuqarolari – bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni хorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) sotish boʻyicha;
  • savdo ob’yektida:
    • bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutaga sotib olish boʻyicha;
    • kripto-aktivlarni naqd pul koʻrinishida milliy va (yoki) хorijiy valyutaga sotib olish boʻyicha;
    • kripto-aktivlarni faqat milliy valyutaga sotish boʻyicha.

 

Shu bilan birga kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining oʻz tavakkalchili ekanligi belgilanmoqda.

 

Kripto-doʻkon quyidagilar bilan munosabat oʻrnatishga haqli emas:

  • voyaga yetmagan shaхslar;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslarning roʻyхatiga kiritilgan shaхslar.

 

Hujjat Qonun hujjatlarmi milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.