Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Koʻchmas mulk tariхini onlayn tekshirsa boʻladi

18.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga koʻchmas mulk tariхi ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 380-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan koʻchmas mulk tariхi ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

 

Davlat хizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:

  • DXMga tashrif buyurgan holda;
  • YaIDXP yordamida;
  • davreestr.uz. orqali.

 

Bunda koʻchmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda soʻrovnoma toʻldirib, BHMning 0,5 baravarini toʻlash lozim.

 

Natijalar quyidagi shakldagi ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.

 

Ma’lumotnomada:

  • koʻchmas mullka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi oʻzgartirishlar);
  • davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sana;
  • huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2023 yildan kuchga kirdi.


 

Sobir Nurberdiyev