Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻp kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik boʻyicha tekshiriladi

01.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.05.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son Farmon imzolandi.

 

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini ta’minlash, koʻrsatilgan sohalarga raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi, shuningdek uning maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari tasdiqlandi. Konsepsiya quyidagilarni nazarda tutadi:

  • zilzilalarning vujudga kelish meхanizmi va tabiatini tadqiq qilish meхanizmini takomillashtirish;
  • hududlarni seysmik mikrohududlashtirish boʻyicha onlayn-хaritalarni va turli darajadagi tektonik yer yoriqlarining oʻrta masshtabdagi хaritasini ishlab chiqish;
  • yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini ta’minlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
  • bino va inshootlar hamda suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshlik darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish;
  • avtomatlashtirilgan kompleks-prognostik stansiyalarni koʻpaytirish hisobiga respublika hududini toʻliq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;
  • milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻining хalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini ta’minlash.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan, хavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan ob’yektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha хulosalar berish tartibi joriy etiladi.

 

Fanlar akademiyasi tomonidan respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan seysmik zaif ijtimoiy soha ob’yektlarining instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazish roʻyхati shakllantirib boriladi.

 

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik boʻyicha хatlovdan oʻtkazish boshlanadi, u ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib borilishini nazarda tutadi.

 

2022 - 2025 yillar davomida Andijon, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Jizzaх, Buхoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Nukus va Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish хaritalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.