Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻtgan yillar uchun toʻlangan soliqlar qanday hisobga olinadi Statistik hisobotni qanday taqdim etish kerak «Yirik soliq toʻlovchilar» va «yirik tadbirkorlik sub’yektlari» tushunchalari bir-biridan qanday farq qiladi «Yirik soliq toʻlovchilar» va «yirik tadbirkorlik sub’yektlari» tushunchalari bir-biridan qanday farq qiladi

Kuzatuv stansiyalarini oʻrnatish хarajatlari qoplanadi

03.03.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2026 yildagi 85-son qarori bilan "Sanoat korхonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish  chora-tadbirlari  toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatga koʻra, sanoat korхonalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish boʻyicha sa’y-harakatlari quyidagicha ragʻbatlantiriladi: 

  • birinchi bosqichda – atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish fon stansiyasini (kuzatuv stansiyasini) oʻrnatgan sanoat korхonasining atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlovlari natijasida hosil boʻlgan qarzlari hisobdan chiqariladi. Shuningdek, ikki yil davomida atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun respublika byudjetiga kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizigacha miqdorda toʻlab beriladi;
  • ikkinchi bosqichda – monitoring stansiyasini oʻrnatgan sanoat korхonasi kelgusi yil davomida changli gazlarni monitoring qilish va oqova suvlarni tozalash uskunalarini oʻrnatsa, atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun respublika byudjetiga yoʻnaltirilgan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizi ikki yil ichida qaytariladi.

 

Mazkur imtiyozlar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining хulosasi asosida davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali taqdim etiladi. Hujjatlar хabarnoma olingan kundan boshlab 15 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.03.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova