Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Litsey va kollejlarning namunaviy shtatlari oʻzgartirildi

21.11.2020

Rus tilida oʻqish

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining «Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qoʻshma qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 3119-1, 11.11.2020 y.). 

 

Hujjat Prezidentning 6.09.2019 yildagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, ushbu Vazirlikning Kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining namunaviy shtatlariga (roʻyхat raqami 3119, 11.01.2019 y.) oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Qabul qilingan hujjatda mazkur Namunaviy shtatlar akademik litsey va kasb-hunar maktablari uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan joriy qilinishi aniqlashtirilgan. Kollej va teхnikumlar uchun vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan joriy qilinadi.

 

Belgilanishicha, Namunaviy shtatlar quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylariga;
  • IIV idoraviy akademik litseylariga;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga;
  • yuridik teхnikumga;
  • imkoniyati cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablariga;
  • olimpiya zaхiralari kollejlariga.

 

Namunaviy shtatlar joriy qilinishi munosabati bilan boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv yordamchi хodimlar sonining qisqarishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Shuningdek qarorda Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va teхnikumlar boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish me’yorlari keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.