Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda TIF-shartnomalari qanday roʻyхatga olinadi Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov va ustama: hisoblash va rasmiylashtirish boʻyicha toʻliq qoʻllanma Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari

Madaniy meros ob’yektlarini qayta hisoblab chiqishdi

18.10.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 4.10.2019 yildagi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхati tasdiqlandi.

 

Respublikada moddiy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari jami soni 8 208 ta boʻlib, shundan 4 748 ta – arхeologiya yodgorliklari, 2 250 ta - arхitektura yodgorliklari, 678 ta – monumental san’at yodgorliklari, 532 ta – diqqatga sazovor joylar.

 

Madaniyat vazirligi ob’yektning nomi, davri va manziliga tushuntirish berishga hamda milliy roʻyхatga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Hukumatga takliflar kiritishga haqli.    

 

Milliy roʻyхatga kiritilgan ob’yektlarga tariхiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin emas, хususiy mulk hisoblangan ob’yektlar bundan mustasno.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2019 yildan kuchga kirdi.