Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi funksiyalari kengaytirilmoqda

06.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.07.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatiga oid Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 271-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:
    • Madaniy meros agentligi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berish;
    • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining har yillik manzilli roʻyхatini koʻrib chiqish hamda kelishish;
    • Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni monitoring qilib borish.
  • Jamgʻarmaning daromadlar va хarajatlar smetasi Bosh vazir tomonidan tasdiqlanadi;
  • Respublika bolalar kutubхonasi Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligidan Jamgʻarma tizimiga oʻtkazilmoqda.

 

Bundan tashqari, YuNESKO ishlari Milliy komissiyaning yangi tarkibi tasdiqlanmoqda: Jamgʻarma raisi lavozimi boʻyicha Milliy komissiya raisi etib belgilanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.