Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasi tasdiqlandi

24.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.06.2022 yildagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 343-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2021 yil 26 martdagi PF-6196-son Farmoni va Prezidentning 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qaroriga muvofiq Mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi.

 

Mahalla huquq-tartibot maskani mahalla va qishloqlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiradigan, shuningdek, fuqarolarning хavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlashini tashkil etadigan ichki ishlar organlarining eng quyi boʻgʻinidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

 

Qaror bilan Mahalla huquq-tartibot maskani tuzilmasi va namunaviy loyihasi tasdiqlandi.

 

Mahalla huquq-tartibot maskanlari ichki ishlar organlari tayanch punktlari negizida tashkil etiladi. Maskan uchun yer maydoni, binolarni ajratish, qurish, ta’mirlash va mebel bilan jihozlash tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan, boshqa moddiy-teхnik vositalar bilan ta’minlash - IIV tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Profilaktika katta inspektori Maskanning bevosita rahbari hisoblanadi, unga mahallada jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kundalik faoliyatni samarali tashkil etish boʻyicha javobgarlik yuklatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.